Trading Central — bu miqdoriy tahlil hamda bozor intellektini taqdim etuvchi tahliliy kompaniya boʻlib, u texnik, fundamental va bozor kayfiyati nuqtai nazaridan koʻp bosqichli signallarni beradi. U bozor dinamikasini kengroq koʻrish imkoniyatini taqdim etish orqali treyderlarga asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
EBC Trading Central ning turli plaginlari va tahlil funksiyalariga, jumladan savdo signallariga kirish imkonini beradi. Siz ularni rasmiy veb-sayt orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri MT4 va MT5 platformalari ichida faollashtirishingiz mumkin.
Trading Central Foreks, indekslar, oltin, neft, AQSh va Yevropa aksiyalari kabi asosiy moliyaviy bozorlarni qamrab oladi. Ularning vositalari har bir aktiv toifasiga moslashtirilgan muhim qoʻllab-quvvatlash/qarshilik darajalari, grafik o'xshashlilik nuqtasini(pattern) aniqlash va kunlik savdo strategiyalari takliflarini oʻz ichiga oladi.
Trading Central toʻgʻridan-toʻgʻri savdo buyruqlarini emas, balki professional tahlil va strategik yoʻnalishlarni taqdim etadi. Undan shaxsiy strategiyalaringiz, xatarlarga chidamlilik darajangiz va boshqa tahlil vositalari bilan birgalikda qaror qabul qilish jarayonining bir qismi sifatida foydalangan maqsadga muvofiq.
EBC platformalari bir bosqichli integratsiyani taqdim etadi. Faollashtirilgandan soʻng, Trading Central plagini grafiklar uskunalar panelida yoki savdo dasturingiz ichida alohida modul sifatida paydo boʻladi va tahlil funksiyalaridan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.
Koʻp hollarda brokerlar Trading Central integratsiyasi xarajatlarini oʻz zimmalariga oladilar, shuning uchun foydalanuvchilar undan bepul foydalanishlari mumkin. Ulardan foydalanish imkoniyati savdo platformangiz va hisobingiz huquqlariga bogʻliq — batafsil maʼlumot uchun brokeringizga murojaat qiling.