English ภาษาไทย Español Português 한국어 简体中文 繁體中文 日本語 Tiếng Việt Bahasa Indonesia Монгол ئۇيغۇر تىلى العربية Русский हिन्दी Қазақша

EBC Financial Group va Oksford universitetining
Iqtisodiyot fakulteti

Yangilangan 3 yillik hamkorlik koʻproq insonlarga iqtisodiyotning bozorlar, siyosat va kundalik qarorlarga qanday taʼsir koʻrsatishini tushunishga yordam beradi.

View our Upcoming Event

Oksford iqtisodiy tahlillariga
yoʻl ochish

Eng foydali iqtisodiy tadqiqotlarning ayrimlari ilmiy yoki siyosiy doiralardan tashqaridagi insonlargacha kamdan-kam hollarda yetib boradi. EBC Financial Groupning Oksford universitetining Iqtisodiyot fakulteti bilan yangilangan uch yillik hamkorligi tufayli «What Economists Really Do» (WERD / «Iqtisodchilar haqiqatda nima bilan shugʻullanadi») koʻrsatuvlar turkumi ushbu maʼlumotlarni kengroq auditoriya uchun yanada ommabop bo'lishiga zamin yaratadi.
EBC homiylik qiladigan har bir vebinar Oksford iqtisodchilarini talabalar, bitiruvchilar, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik vakillari bilan bogʻlab, turli iqtisodiy mavzularni qamrab oladi.

Samimiy muloqotlar, real taʼsir

1-WERD epizodi:
Soliqlardan boʻyin tovlash iqtisodiyoti  
Tafsilotlar
Soliqlardan boʻyin tovlashning global va mahalliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganib, murakkab iqtisodiy muammolarni hal qilishda moliyaviy savodxonlikning muhimligini taʼkidlaydi.  
Sana
2024-yil 1-mart(What Economists Really Do, 2023–2024 yillar nashri) 
Maʼruzachilar
  • Doktor Abi Adams, iqtisodiyot professori, sessiya moderatori
  • Doktor Sarah Clifford, Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti
Format
Zoom yozuvi
2-WERD epizodi:
Barqarorlikni taʼminlash: Iqtisodiy oʻsish va iqlim barqarorligi muvozanati
Tafsilotlar
Makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy barqarorlikni taʼminlagan holda dunyoning eng dolzarb ekologik muammolarini hal qilishga qanday yordam berishini koʻrib chiqdi.
Sana
2024-yil noyabr (What Economists Really Do, 2024–2025 yillar nashri) 
Maʼruzachilar
  • Doktor Banu Demir Pakel, sessiya moderatori, Tashqi aloqalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari va iqtisodiyot dotsenti
  • Doktor Andrea Chiavari, asosiy maʼruzachi va panelist
  • Doktor Nicola Ranger, Atrof-muhitni oʻzgartirish instituti Global moliya guruhi direktori va Oksford katta ilmiy xodimi 
Format
Gibrid formatda maxsus panel muhokamasi sessiyasini oʻz ichiga olgan birinchi WERD tadbiri 
3-WERD epizodi:
Iqtisodchi kabi fikrlang: Noaniqlik davrida moliyaviy savodxonlik va iqtisodiy tushuncha
Tafsilotlar
Seminar taʼlim va muloqot orqali fuqarolarning iqtisodiy savodxonligini oshirish muhimligiga bagʻishlandi — chunki hatto yuqori maʼlumotli shaxslar ham siyosat, siyosiy jarayonlar va shaxsiy moliyani tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Sana
2025-yil 11-noyabr, 20:00 (Pekin vaqti / BJT)
Mehmonlar
  • Michael McMahon, Oksford universiteti iqtisodiyot professori, St Hugh's kolleji katta ilmiy xodimi.
  • Banu Demir Pakel, iqtisodiyot professori va Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti rahbar oʻrinbosari (Tashqi aloqalar).
Format
Zoom yozuvi

Taklif etilgan maʼruzachilarimiz

Michael McMahon
Oksford universiteti iqtisodiyot professori, St Hugh's kolleji katta ilmiy xodimi.
U uzoq yillar Angliya bankida ishlagan boʻlib, hozirda Irlandiya Fissal maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot, pul-kredit siyosati va markaziy bank muloqoti boʻyicha mutassis sifatida u Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVF) topshirigʻi bilan Osiyoning turli mamlakatlarida markaziy bank rasmiylari va siyosatchilariga dars berib, ularning kasbiy salohiyatini oshirishga yordam bergan. Professor McMahon’ning tadqiqotlari The Quarterly Journal of Economics va The Review of Economic Studies kabi nufuzli jurnallarda muntazam chop etilib, uning Oksford va global iqtisodiyot hamjamiyatidagi yetakchi oʻrnini mustahkamlagan.
Batafsil maʼlumot olish
Nicola Ranger
Oksford universitetining Atrof-muhit barqarorligi va Martin tizimlari rahbari.
Nicola Ranger Oksford universitetining Atrof-muhitni oʻzgartirish institutida Global moliya va iqtisodiyot guruhiga asos solgan boʻlib, moliya va iqlim tutashuvidagi tadqiqotlarni ilgarilash uchun moliyaviy institutlar hamda hukumatlar bilan hamkorlik qiladi. Ranger XVF, Jahon banki, NGFS va Buyuk Britaniyaning Iqlimiy moliyaviy xavflar forumi bilan birgalikda stress-test usullarini ishlab chiqqan. Shuningdek, u Yevropa Komissiyasining EMDE Barqaror investitsiyalar boʻyicha yuqori darajadagi ekspertlar guruhi, Buyuk Britaniya Green Tech (Taksonomiya) maslahat guruhi/LNAS, FCDO va London iqtisodiyot maktabiga maslahatlar beradi.
Batafsil maʼlumot olish
Andrea Chiavari
Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti.
Andrea Chiavari Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti boʻlib, korporativ dinamika va texnologik oʻzgarishlarga eʼtibor qaratgan holda makroiqtisodiyotga ixtisoslashgan. U iqtisodiy modellar barqaror rivojlanishga qanday xizmat qilishi mumkinligini oʻrganadi; iqlim oʻzgarishining korporativ mahsuldorlik va kapital taqsimotiga taʼsirini tahlil qiladi hamda noaniq muhitda iqtisodiy samaradorlik va barqarorlikni oshirish yoʻllarini tadqiq etadi.
Batafsil maʼlumot olish
Banu Demir Pakel
Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti.
Banu Oksford universitetining iqtisodiyot dotsenti boʻlib, xalqaro savdo va rivojlanish iqtisodiyoti tutashuviga ixtisoslashgan. Uning tadqiqotlari kompaniyalarning savdo bilan bogʻliq shoklarga qanday moslashishini va ushbu moslashuvlar oʻsish hamda daromad kabi umumiy iqtisodiy natijalarga qanday taʼsir qilishini oʻrganadi. U CEPR (Xalqaro savdo va mintaqaviy iqtisodiyot dasturi) va Myunxendagi CESifo tadqiqot tarmogʻi aʼzosi hisoblanadi.
Batafsil maʼlumot olish
Sarah Clifford
Oksford universiteti Iqtisodiyot fakulteti dotsenti.
Doktor Sarah Clifford Oksford universitetida «soliqlardan qochish iqtisodiyoti» boʻyicha yetakchi ekspert boʻlib, soliqlardan qochish va unga bogʻliq xulq-atvor modellarining iqtisodiy tamoyillarini oʻrganadi. U koʻp millatli kompaniyalarning amaldagi soliq stavkalarini oʻrganish uchun birinchilardan boʻlib koʻp millatli panel maʼlumotlaridan foydalangan hamda IHSDR (OECD) ning soliq bazasini qisqartirishga qarshi «GloBE» taklifini ishlab chiqishda muhim rol oʻynab, BEPS tizimini sezilarli darajada rivojlantirgan. Uning soʻnggi ilmiy ishi soliqlardan qochishning global taʼsiri va samarali siyosiy choralar ushbu muammoni qanday yumshatishi mumkinligini tahlil qiladi.
Batafsil maʼlumot olish
Abi Adams-Prassl
Nuffield kolleji iqtisodiyot professori, rahbar oʻrinbosari (Tashqi aloqalar).
Professor Abi Adams-Prassl amaliy mikroiqtisodiyotga ixtisoslashgan boʻlib, maʼlumotlarni jismoniy shaxslar va uy xoʻjaliklarining qaror qabul qilish modellariga integratsiyalash uchun empirik usullardan foydalanadi. Buyuk Britaniya Hukumatining Fan boʻyicha idorasi aʼzosi sifatida u xavflarni boshqarish va barqarorlikni rejalashtirish boʻyicha tashabbuslarga rahbarlik qilib, qisqa muddatli choralarni uzoq muddatli strategiyalarga aylantirdi. Bundan tashqari, u Buyuk Britaniya huquq tizimi uchun raqamli maʼlumotlar (Big Data) asrida sud shaffofligi va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini muvozanatlashtiruvchi miqdoriy tizimni ishlab chiqqan.
Batafsil maʼlumot olish
Keling, keyingi bobni birgalikda yarataylik.
EBC bir xil qarashlarga ega muassasalar va oʻzgarish tashabbuskorlari bilan yangi hamkorlik imkoniyatlarini faol ravishda oʻrganmoqda.