Buyurtmalar oqimi (Order flow) — bu bozor xatti-harakatlarini mayda tafsilotlarigacha tushunish uchun haqiqiy bitim maʼlumotlarini — masalan, savdo hajmi, kutayotgan buyruqlar hamda tajovuzkor xarid/sotuv faolligini tahlil qiluvchi savdo usulidir. U mikrotuzilma va savdo kayfiyatidagi oʻzgarishlarni tutibolishni istaydigan qisqa muddatli, kunlik (intraday) yoki yuqori chastotali (HFT) treyderlar uchun juda mos keladi.
Anʼanaviy texnik tahlil narx trendlari va grafik o'xshashliligi (pattern) eʼtibor qaratgan bir paytda, buyruqlar oqimi real vaqtdagi bitimlar xatti-harakati hamda xarid va sotuv bosimi muvozanatini oʻrganadi. U narx harakatining ortida nima turganini koʻrish imkonini beradi va muhim darajalarda institutsional faollikni aniqlashda treyderlarga ustunlik beradi.
Ha. Buyurtmalar oqimi(Order Flow) tahlili odatda Bozor chuqurligi (DOM) interfeysi yoki Footprint grafiklari kabi maxsus vositalarga tayanadi hamda bozor mikrotuzilmasi va buyruqlar kitobi (order book) dinamikasini chuqur tushunishni talab qiladi. Yangi boshlovchilarga demo hisoblarda mashq qilish va tizimlashtirilgan oʻquv manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Yorib oʻtishning haqiqiyligini baholash uchun treyderlar muhim darajalarda tajovuzkor xarid yoki sotuvlarni kuzatadilar. Kuchli bozor buyruqlari bilan birga kechadigan va qarama-qarshi tomon yutib yuborishi (absorption) minimal boʻlgan yorib oʻtish odatda harakatning barqarorligini hamda yirik oʻyinchilar ushbu harakatni qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrsatadi.
EBC ning Buyurtmalar oqimi (Order Flow) platformasi real vaqtdagi buyruqlar kitobi maʼlumotlarini, buyruqlar va ularning ijro etilish taqsimoti xaritalarini hamda xarid va sotuv kuchining issiqlik xaritalarini (heatmaps) taqdim etadi. Ushbu vositalar treyderlarga narx harakatini tahlil qilish va aniqroq savdo strategiyalarini tuzishga yordam beradi.
Buyurtmalar oqimi(Order Flow) usullari Foreks, oltin, neft va AQSh aksiyalari CFD lari kabi yuqori likvidli bozorlarda eng samarali hisoblanadi. Ushbu aktivlar toifalari faol buyruqlar oqimi bilan harakatlanadi, bu esa treyderlarga aniqroq savdo qarorlari uchun hajm dinamikasidan unumli foydalanish imkonini beradi.