MT5 — bu MT4 ning takomillashtirilgan versiyasi boʻlib, koʻproq buyruq turlari, koʻp oqimli strategiya testeri va kengroq taymfreymlar toʻplamini taklif etadi. U kengroq funksionallikni xohlaydigan yoki aksiyalar hamda fyucherslar(futures) kabi bir nechta aktiv turlari bilan savdo qilishni rejalashtirgan treyderlar uchun juda mos keladi. MT4 esa yengilroq va foydalanishga sodda boʻlib, ixchamroq platformani afzal koʻradigan va asosan Foreksga eʼtibor qaratgan treyderlar uchun qulay tanlovdir.
MT5 avtomatlashtirilgan savdo uchun Expert Advisors (EA) dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi, lekin u MQL5 dasturlash tilidan foydalanadi. Bu til MT4 ning MQL4 tili bilan mos kelmaydi. Demak, sizga aynan MT5 muhiti uchun ishlab chiqilgan yoki moslashtirilgan EA lar kerak boʻladi.
MT5 da savdo tarixingizni koʻrish uchun Terminal oynasini oching va Hisob tarixi varagʻiga bosing. U yerdan batafsil bitimlar tarixini koʻrib chiqishingiz va tahlil qilish yoki saqlab qoʻyish uchun sichqonchaning oʻng tugmasini bosib toʻliq hisobotlarni shakllantirishingiz mumkin.
MT5 bir nechta grafik oynalarini, 21 ta taymfreymni, ilgʻor chizish vositalarini va toʻliq moslashtiriladigan texnik indikatorlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu uni grafik tahliliga tayanadigan va vizual savdo muhitini koʻproq nazorat qilishni istaydigan professional treyderlar uchun ideal qiladi.
Ha, MT5 Mobil va Kompyuter versiyalarini bir xil savdo hisobiga kirish orqali osongina sinxronlash mumkin. Mobil versiya bozorni kuzatish va yoʻl-yoʻlakay bitimlarni amalga oshirish imkonini bersada, u kompyuter platformasidagi EA orqali savdo qilish va ayrim ilgʻor strategiya testlaridan foydalanish funksiyalarini qoʻllab-quvvatlamaydi.
Bu savdo soatlari cheklovlari, shartnoma sozlamalari, yetarsiz marja yoki kredit plechosi (leverage) muammolari sababli yuzaga kelishi mumkin. Har doim aktivning savdo jadvalini, hisob balansingizni va kalit sozlamalarini qayta tekshiring yoki texnik yordam olish uchun brokeringizning qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.