Litsenziyalangan filiallarimiz
EBC Financial Group (UK) Ltd
FCA (Buyuk Britaniya) regulyatsiyasi
va litsenziyasiga ega
Reg. raqam: 927552
Litsenziyani ko'rishEBC Financial Group (Cayman) Ltd
CIMA (Kayman orollari) regulyatsiyasi
va litsenziyasiga ega
Reg. raqam: 2038223
Litsenziyani ko'rishEBC Financial Group (Australia) Pty Ltd
ASIC (Avstraliya) regulyatsiyasi
va litsenziyasiga ega
Reg. raqam: 500991
Litsenziyani ko'rishEBC Financial Group SA (Pty) Ltd
FSCA regulyatsiyasi
va litsenziyasiga ega
Reg. raqam: 51541
Litsenziyani ko'rishMablag'larning to'liq xavfsizligi
FSCS sug'urtasi
EBC Financial Group (UK) Limited Buyuk Britaniyaning FCA regulyatori tomonidan litsenziyalangan. UK filiali faqat pro-treyderlar uchun barcha aktivlar bo'yicha sifatli order execution (ijro) taqdim etadi. Moliyaviy xizmatlar kompensatsiya sxemasi (FSCS) Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuzilgan bo'lib, litsenziyalangan kompaniyalar bankrot bo'lgan taqdirda treyderlar depozitlarini himoya qiluvchi oxirgi instantsiya fondi hisoblanadi. Ushbu dastur talablarga mos keladigan mijozlar uchun 85 000 GBP gacha bo'lgan kafolatli himoyani taqdim etadi.
Batafsil
Korporativ bank hisobi
Barclays Bank'da to'liq korporativ hisoblar. EBC Financial Group (UK) Limited va EBC Financial Group (Cayman) Limited Barclays Bank'da eng yuqori darajadagi korporativ hisoblarga ega. Ushbu hisobga ega bo'lish uchun kompaniyaning yillik oboroti £6.5 milliondan oshishi hamda Barclays tomonidan o'tkaziladigan qat'iy audit va kompleks tekshiruvlardan o'tishi talab etiladi.EBC Financial Group (UK) Limited FCA CASS qoidalariga, EBC Financial Group (Cayman) Limited esa CIMA SIBA qonunchiligiga to'liq amal qiladi. Treyderlar depozitlari kompaniya kapitalidan holi holda, alohida (segregatsiyalangan) bank hisoblarida saqlanadi.
Batafsil
20 000 EUR gacha qo'shimcha kompensatsiya
EBC Financial Group (SVG) LLC treyderlar va brokerlar o'rtasidagi nizolarni hal qiluvchi mustaqil Financial Commission tashkiloti a'zosi hisoblanadi (komissiya $67 milliondan ortiq da'volarni ko'rib chiqqan). Ushbu a'zolik EBC treyderlariga har bir mijoz uchun €20 000 gacha bo'lgan Kompensatsiya fondidan foydalanish imkonini beradi.
Batafsil
30 million dollardan ortiq sug'urta qoplamasi
EBC Financial Group (UK) Ltd va EBC Financial Group (Cayman) Ltd operatsion va boshqaruv xatarlaridan himoyalanish uchun Lloyd's of London kompaniyasidan yillik £2 millionlik D&O sug'urtasini sotib oladi. Shuningdek, tizim va serverlardagi texnik nosozliklar zararlarini qoplash hamda ularni bartaraf etish uchun £2 million miqdorida kiber-sug'urta mavjud. EBC Financial Group (Australia) Pty Ltd xizmat ko'rsatishdagi texnik xatolar va kamchiliklardan himoyalanish uchun Lloyd's of London'dan yillik AU$2 millionlik Professional javobgarlik (PI) sug'urtasiga ega. EBC sho'ba korxonalari har yili QBE Insurance kompaniyasidan $25 milliondan ortiq sug'urta polislari bilan ta'minlanadi. Barcha sug'urta polislari risklarni minimallashtirish uchun mo'ljallangan. Texnik nosozliklar, xatolar yoki fors-major holatlari tufayli yuzaga kelgan zararlar sug'urta shartlariga muvofiq qoplanadi.
BatafsilXalqaro mukofotlar